So‘nggi paytlarda “Olma”ning navbatdagi flagmani to‘g‘risida turli tafsilotlar internet tarmog‘ida e’lon qilinmoqda. Misol uchun, bundan bir necha kun avval Yaponiyaning Sharp kompaniyasi Apple iPhone 8 OLED displey bilan jihozlanishi haqidagi xabarni oshkor etgan edi. Bugun esa turli nashrlarda kelgusi yilda taqdim etiladigan Apple iPhone 8 simsiz zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Xususan, Terabayt.uz saytining yozishicha, Apple qurilmalarini tayyorlaydigan Tayvanning Foxconn kompaniyasi hozirda simsiz zaryadlash texnologiyasi uchun zarur bo‘ladigan komponentlarni ishlab chiqmoqda ekan.
Aslida ko‘pchilik mazkur funksiyani shu yilning sentyabr oyida namoyish etilgan iPhone 7 modelida kutgan edi. Biroq ”olma” bu safar ham arqonni uzun tashlab qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, mazkur funksiya Apple’ning eng kuchli raqibi bo‘lgan Samsung smartfonlariga allaqachon tatbiq etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi