14:00 / 01.11.2016
6 446

LG G6 ko‘z yoy pardasi skaneri bilan jihozlanadi

LG G6 ko‘z yoy pardasi skaneri bilan jihozlanadi

Terabayt.uz saytining yozishicha, LG kompaniyasining navbatdagi muhim flagmanlaridan biri LG G6 modeli LG Inotek texnologiyasi bilan ta’minlanadi.

Mazkur texnologiya flagmanga foydalanuvchini aniqlashga yordam beradigan ko‘z yoy pardasi skaneri bilan bog‘liqdir. Ushbu skaner Samsung Galaxy Note 7 modelidagi singari old kameradan alohida emas, balki selfi-kamera bilan birgalikda bitta modulda joylashtiriladi. Bunday kombinasiyalangan modul korpusdagi joyni ham tejashga yordam beradi.

Avvalroq internet tarmog‘idagi saytlarda Janubiy Koreya kompaniyasining navbatdagi flagmani LG G6 bu yil taqdim etilgan G5 modelidagi kabi modulli dizayn ega bo‘lmasligi borasida turli xabarlar tarqalgan edi. Aftidan, LG yangi flagman dizayni va texnik xususiyatlarini nihoyasiga etkazib bo‘lgan va shu bois unga tegishli parametrlarni oshkor qilishni boshlagan ko‘rinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG G6 ko‘z yoy pardasi skaneri bilan jihozlanadi