Bundan taxminan 5 oy avval Daniyaning Lumigon kompaniyasi o‘zining Lumigon T3 nomli flagman smartfonini e’lon qilgan edi. Flagman smartfondan tashqari uning lyuks versiyasi T3 Exclusive modeli ham sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.
Terabayt.uz nashrining yozishicha, mazkur modellar tez orada Rossiyada ham sotila boshlaydi. Standart Lumigon T3 modelining narxi qariyb 740 dollar, qimmatbaho metalldan yasalgan T3 Exclusive versiyani 1300 dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Lumigon T3 korpusi Corning Gorilla Glass 4 standartidagi shisha va zanglamas po‘latdan qilingan. 13 MPli va 4 MPli qo‘sh asosiy kameraga ega. Old kameraning aniqligi 5 MP. Gadjet barmoq izi skaneri, 4,8 dyuymli Full HD aniqligidagi SuperAMOLED-ekran, sakkiz yadroli MediaTek Helio X10 prosessori, 3 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira bilan jihozlangan.
Qurilma Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi, 2285 mA/st sig‘imli batareyadan quvvatlanadi. Og‘irligi – 145 gramm. O‘zbekistonda qachon paydo bo‘lishi noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda