15:36 / 26.10.2016
7 437

VivoBook Max X441 — ASUS’dan yangi noutbuk

VivoBook Max X441 — ASUS’dan yangi noutbuk

Tayvanning ASUS kompaniyasi o‘rtacha narx segmentiga mansub 14 dyuymli VivoBook Max X441 noutbukini namoyish qildi. Model uy va ofisda kundalik ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, mobil va ixcham. Gadjet turli konfigurasiya va ranglarda ishlab chiqariladi.

ASUS VivoBook Max X441 qurilmasiga Intel’ning eng sodda Celeron chipidan boshlab ettinchi avloddagi ilg‘or Core i7 (Kaby Lake arxitekturasi) prosessorilari, shuningdek, 2 GB videoxotiraga ega NVIDIA GeForce 930MX grafikasi o‘rnatiladi. Noutbukka 16 Gbgacha bo‘lgan DDR4 operativ xotira, 2 TB vinchester joylanishi mumkin. Ekran konfigurasiyaga qarab HD yoki Full HD aniqligida bo‘ladi.

Gadjetning gabaritlari 348 x 242,8 x 27,6 mm, og‘irligi 1,75 kilogramm. Besh xil rangda sotuvga chiqariladi. Hozircha modelning narxi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » VivoBook Max X441 — ASUS’dan yangi noutbuk