Terabayt.uz nashri yozishicha, 2016 yil 3 choragida jahon bo‘ylab jami 2,7 mln dona smart-soat sotuvga chiqarilgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,6 foizga kamdir (2015 yilning 3 choragida jami 5,6 mln dona smart-soat sotuvga chiqarilgan edi).
Ushbu segmentda haligacha AQShning Apple kompaniyasi yaqqol etakchilik qilib kelmoqda. Shunga qaramasdan uning bu yilgi savdo ko‘rsatkichlari 71,6 foizga tushib ketgan (savdolar 3,9 milliondan 1,1 milliongacha kamaygan). Tahlilchilarning fikricha, so‘nggi chorakda taqdim etilgan yangi qurilmalar hisobiga 2016 yilning 4 choragida smart-soatlarning sotuvlari o‘sishi mumkin.
Smart-soatlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha Garmin, Samsung, Lenovo va Pebble ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan joy olgan. Eng qizig‘i, Garmin kompaniyasi keskin o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd qilib, Janubiy Koreyaning Samsung firmasidan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi