09:24 / 21.10.2016
6 925

Metall korpusli Oppo R9s va Oppo R9s Plus namoyish etildi

Metall korpusli Oppo R9s va Oppo R9s Plus namoyish etildi

Bundan bir necha kun oldin saytimizda Xitoyning Oppo kompaniyasi ilg‘or kamerali smartfon tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik. Xitoylik shovvoz kecha rasman Oppo R9s va Oppo R9s Plus modellarini namoyish qildi.

Har ikkala smartfon to‘liq metall korpusga ega, barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Qurilmalarga o‘rnatilgan kuchli modulli kameralar, shubhasiz, ularning eng muhim xususiyatiga aylandi. Ikkala model 16 MPli asosiy va 16 MPli old kamera bilan quvvatlangan. Asosiy kameraga ikkitali fokuslash texnologiyasi qo‘llangan, Sony IMX398 sensori bazasida ishlaydi. Asosiy kamera diafragmasi — f/1,7, old kameraniki esa f/2,0.

Oppo R9s Corning Gorilla Glass 5 texnologiyasi qo‘llangan 5,5 dyuymli Full HD ekran bilan ta’minlangan. Ikkinchi modelning displey o‘lchami 6 dyuymni tashkil qiladi. Texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Oppo R9s smartfonidan farq qilmaydi.

Oppo R9s modeliga 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Oppo R9S Plus versiyasi esa 6 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega. Har ikkila model ikkita SIM-kartaga ishiga mo‘ljallangan. VOOC Flash Charge texnologiyasidagi tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonlar Android 6.0.1. Marshmallow dasturida ishlashi haqida xabar berilgan.

Narx-navo

Oppo R9s savdosi shu oy oxirida, Oppo R9s Plus sotuvlari esa dekabr oyida boshlanadi. Oppo R9s modelini $415, Oppo R9s Plus versiyasini esa $519 narxida xarid qilish mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Metall korpusli Oppo R9s va Oppo R9s Plus namoyish etildi