19:04 / 18.09.2016
6 518

Ijtimoiy tarmoqda Samsung’ning yangi smartfoni surati paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Samsung’ning yangi smartfoni surati paydo bo‘ldi

O‘tgan haftada Xitoyda ma’lumotlari paydo bo‘lgan yangi buklama smartfon -Samsung Galaxy Folder 2 surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

SM-W2017 surati dastlab Weibo mikrobloglar xizmatida tarqalgan.

Sammobile ma’lumotiga ko‘ra, yangi smartfon displeyi - 4,2 dyuym (Super AMOLED). Tashqi jihatdan buklama qurilma Galaxy J arzon liniya smartfonlarini eslatadi.

Galaxy Folder 2 to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 820 prosessori, 64 Gb ichki va 4 Gb tezkor xotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.

Qurilma Android 6.0.1 Marshmallow operasion tizimida ishlaydi.

Smartfonning rasmiy narxi e’lon qilinganicha yo‘q, ammo uning 300 dollar atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ijtimoiy tarmoqda Samsung’ning yangi smartfoni surati paydo bo‘ldi