AQSh va boshqa bir necha mamlakatlarda Apple'ning yangi smartfoni sotuvlari boshlandi. iPhone 7 va iPhone Plus'ning boshlang‘ich narxlari 649 va 769 dollarni tashkil etmoqda.
Yangi qurilma taqdimoti 7 sentyabr kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tdi. Qurilma tashqi ko‘rinish jihatidan avvalgilaridan katta farq qilmaydi, biroq Apple qurilmasiga yangi - Jet Black (tim qora) rangi qo‘shilgan. Texnologik jihatdan esa odatiy quloqchinlar ulanadigan joyning yo‘qligi diqqatni tortadi. Smartfonlar yangi zamonaviy prosessorlar va ixcham akkumulyatorlarga ega.
AQShda iPhone 7 sotuvi 9 sentyabrdanoq yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ba’zi modifikasiyalar boshlang‘ich bosqichning o‘zidayoq tamom bo‘lgan. Yangi rangda ishlab chiqarilgan iPhone 7 Plus va iPhone 7 do‘konlarga etkazilgunga qadar sotilib bo‘lingan. Biroq shunga qaramay, yangi qurilmaga talab juda katta, deb bo‘lmaydi. Muammo ularning boshqalarga qaraganda kamroq ishlab chiqarilganida ham bo‘lishi mumkin.
Apple kompaniyasining yangi qurilmalari sotuviga start berilishi bilanoq, uni xarid qilish niyatida navbat poylaydiganlar doim juda ko‘pchilikni tashkil qiladi, ba’zilar hattoki bir necha kunlab navbat poylashadi.
Apple kompaniyasi Jet Black rangidagi iPhone 7 Plus va iPhone 7 qurilmalarini do‘konlarda bo‘lmasligidan payshanba kuniyoq ogohlantirgani haqida Mashable portali ma’lum qilgan. Bu ko‘pchilikning kayfiyatini tushirib yubordi, zero odamlar aynan yangi rangdagi qurilmani xarid qilish uchun boshqa mamlakatlardan tashrif buyurib, bir necha kunlab navbat poylashgan.
Do‘kon xodimlari yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘ragan holda, aynan shu modelni so‘rab kelganlarga Apple Store'ning sovg‘a kartasini taklif qilishgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi