Yaponiyaning Prodrone kompaniyasi inson qo‘llariga o‘xshash mexanik manipulyatorlarga ega multikopterni taqdim etdi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru». Uchuvchisiz uchar qurilma 20 kilogrammgacha og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi.
Dron PD6B-AW-ARM deb nomlandi. U havo orqali yuk tashish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz qurilmadir. Ikkita mexanik qo‘lning har bittasi 10 kilogrammgacha yuk ko‘taradi.
Manipulyatorlar sharofati bilan dron turli-tuman yuklarni ko‘tara oladi. Ularni maxsus mahkamlash materiallaridan foydalanib tashishga tayyorlash shart emas. Asosiysi, uchar qurilma ob’ektga qo‘llari yordamida birikib olsa, bo‘ldi.
Multikopterning boshqa texnik xususiyatlari raqobatchilarinikidan ko‘p ham farq qilmaydi. U soatiga 60 km tezlikda harakatlana oladi, ichki akkumulyatorining quvvati esa o‘rtacha 30 daqiqalik parvozga etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar