6 181
Gol va golli pas uzatish borasida Luis Suares 2016 yil hisobidan kuchli beshlikda tengsiz bo‘ldi
Urugvay terma jamoasi va Ispaniyaning «Barselona» klubi a’zosi Luis Suares gol va golli uzatmani qo‘shib hisoblaganda barchadan yaxshiroq natija qayd etdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Luis Suares 2016 yil hisobidan 37 ta gol urdi va sheriklari tomonidan urilgan 17 ta golga uzatma berdi. Bu ko‘rsatkichi bilan hujumchi Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Zlatan Ibrahimovich kabi nomlarni ortda qoldirdi.
Suaresning «Barsa» safidagi sherigi Lionel Messi 2016 yil hisobidan 32 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, sheriklari tomonidan urilgan 15 ta golga assistentlik qildi.
Madridning «Real» klubi uchun Krishtianu Ronaldu 2016 yilning boshidan to oxiriga qadar 31 ta gol urib berdi. Shu yil davomida «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublar safida to‘p surgan Zlatan Ibrahimovichning gollari soni umumiy 35 tani tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, «Oltin to‘p» sovrini uchun raqobatda Luis Suares bor-yo‘g‘i 4-o‘rinni egallagandi. Avvalroq Krishtianu Ronaldu terma jamoa va klub safidagi xalqaro o‘yinlarda urgan umumiy gollar bo‘yicha IFFHS reytingida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Suares etakchi deb qaralgan reytingda esa terma jamoa safidagi o‘yinlar va klubning xalqaro uchrashuvlari inobatga olinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi