O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan terma jamoa sardori Odil Ahmedovning qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi ehtimoli bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi. Uning TASS muxbiriga aytishicha, futbolchi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni «Krasnodar»da o‘tkazadi.
Bundan oldingi xabarlarda 29 yoshli ushbu futbolchi faoliyatini Xitoy jamoalaridan birida davom ettirishi haqida aytilayotgandi.
«Ayni vaqtda Odil Ahmedov — O‘zbekiston terma jamoasining etakchi futbolchisi. U yuqori ambisiyali futbolchi. U o‘z o‘yini orqali „Krasnodar“ga foyda keltirmoqda. Men u bilan payshanba kuni gaplashdim va u menga o‘z jamoasini tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi. U birozdan keyin „Krasnodar“ yig‘inlariga yo‘l oladi.
Hozirda Odil matbuotda yozilganidek kurortda emas, Toshkentda ta’tilni o‘tkazmoqda», — degan Babayan.
Odil Ahmedov 2014 yilda «Anji»dan «Krasnodar»ga o‘tgandi. U Rossiya chempionatining joriy mavsumida 16ta o‘yinda maydonga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi