Toshkentning “Lokomotiv” futbol jamoasi tarkibida ikki nafar kot d’ivuarlik legionerlar ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi yozmoqda.
"Lokomotiv" 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig‘inini boshladi. Ayni paytda "temiryo‘lchilar" mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.
Yig‘inda ko‘rikda bo‘lib turgan kot d’ivuarlik legionerlar – 23 yoshli markaziy himoyachi Muhammad Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnoxere Krizolar ham ishtirok etishmoqda. Bugungi mashg‘ulotda ikkala futbolchi ham qatnashdi. Ertaga jamoa murabbiylar shtabi bu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, ular jamoaning navbatdagi yig‘inlariga ham taklif etiladi.
Qayd etish joizki, Muhammad Kone ilgari Gresiya, Moldova, Kipr chempionatlarida o‘ynashga ulgurgan. Gnoxere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi