15:14 / 25.12.2016
5 917

Anxel Di Mariya Xitoy klublaridan biriga o‘tishi mumkin

Anxel Di Mariya Xitoy klublaridan biriga o‘tishi mumkin

“PSJ” klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Manbada aytilishicha, Xitoy klubi vakili futbolchi va uning agenti Jorje Mendesh bilan aloqaga chiqqan. Hozircha aynan qaysi klub ekanligi siri tutilmoqda.

Avvalroq, parijliklar ustozi Unai Emeri so‘nggi uchrashuvlarda Anxelning o‘yinidan norozi bo‘layotgani xabar qilingandi.

Argentinalik futbolchi 2015 yilning yozida “Manchester Yunayted”dan “PSJ”ga o‘tgandi.

Ushbu mavsumda 28 yoshli xavbek Fransiya chempionatining 15ta bahsida maydonga tushib, bitta gol hamda beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anxel Di Mariya Xitoy klublaridan biriga o‘tishi mumkin