13:21 / 24.12.2016
6 714

Mirjalol Qosimov va Baxtiyor Ashurmatov «Bunyodkor»ga qaytmoqda

Mirjalol Qosimov va Baxtiyor Ashurmatov «Bunyodkor»ga qaytmoqda

Toshkentning “Bunyodkor” klubi boshqaruvida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

“Qaldirg‘ochlar” ustozi hisoblangan Sergey Lushchan o‘z o‘rnini Mirjalol Qosimovga bo‘shatib berishi mumkin. Chunki oxirgi paytlarda Lushchanning natijalaridan muxlislar umuman qoniqish hosil qlishmayapti. Shuning uchun klub mutasaddilari ham bu jihatni inobatga olgan holda “qaldirg‘ochlar”ning “yuragi” Mirjalol Qosimov jamoaga qaytishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Bunyodkor”da Baxtiyor Ashurmatov ham paydo bo‘lishi mumkin. U Mirjalol Qosimovga yordamchi bo‘ladi.

Bu borada klub matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqlamadi va Lushchanning jamoadagi faoliyati davom etayotganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov va Baxtiyor Ashurmatov «Bunyodkor»ga qaytmoqda