23:53 / 18.12.2016
7 104

O‘zbekistonlik bokschi jahon kubogi sohibiga aylandi

14–19 dekabr kunlari Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida (Xanti-Mansiysk muxtor okrugi) o‘tgan, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan geolog Farman Salmanov xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha neft qazib oluvchi davlatlar o‘rtasida Jahon kubogida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Jaloliddin O‘ktamov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

81 kilogrammgacha vazn toifasida final jangiga qadar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Belarus vakillarini engib kelgan Jaloliddin chempionlik uchun hal qiluvchi jangda rossiyalik bokschini ham mag‘lub etdi.

Jaloliddin O‘ktamov Jizzax boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, ko‘plab mahalliy va mintaqaviy boks musobaqalarining g‘olibi hisoblanadi.
O‘zbekistonlik bokschi jahon kubogi sohibiga aylandi




Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschi jahon kubogi sohibiga aylandi