14 dekabr kuni O‘zbekiston shaxmat federasiyasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yaqinda Rossiya federasiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur chempionatga dunyoning 30 ta davlatidan 500 ga yaqin shaxmatchilar ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 36,5 ochko jamg‘arib, jahon chempioni, degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni Hindiston (32 ochko) va 3-o‘rinni Rossiya (31 ochko) shahmat ustalari qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk marotaba to‘liq tarkibda 31 nafar iqtidorli shaxmatchi ishtirok etdi. Chempionat standart va klassika yo‘nalishlarida o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 8 ta (3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza) medallarni qo‘lga kiritishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi