«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan shartnoma uzaytirilishi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida gapirdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.
«Suares shartnomani uzaytirishga rozi. Biz u bilan deyarli kelishib oldik. Yaqin kunlarda yangi shartnoma tuzilganini e’lon qilamiz. Balki bu muxlislar uchun Rojdestvo sovg‘asi bo‘lar.
Biz u bilan uzoqroq muddatga shartnoma imzolamoqchi edik. Ammo ba’zi qoidalar tufayli u bilan shartnoma 2022 yilgacha bo‘ladi. U faoliyatining oxiriga qadar biz bilan qolsa, xursand bo‘lamiz», deya Bartomeuning so‘zlarini keltirgan Uruguay’s Radio Vision sayti.
Urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar jamoasiga 2014 yilda kelgan. Ayni vaqtda 29 yoshla bo‘lgan Suares bilan amaldagi shartnoma muddati 2019 yilning 30 iyuniga qadar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi