«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 14-turida «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuv oxirida yuzaga kelgan mushtlashuv uchun uzr so‘radi. U shu bilan birga jamoasi hujumchisi Serxio Agueroni himoya qilib chiqqan.
Shanba kuni oqshomida Etihad o‘yingohida kechgan uchrashuvda «shaharliklar» jamoasining 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati qayd etildi. O‘yin oxirida ikki jamoa futbolchilari Aguero va David Luisning to‘qnashuvidan keyin ommaviy janjal boshlagandi.
Gvardiola ikki futbolchisining chetlatilishini ham haqqoniy qaror deb hisoblaydi. Shu bilan birga uning fikricha, Aguero qasddan bunday qo‘pollik qilgan deb hisoblamaydi.
«O‘yin bu tarzda tugagani afsuslanarli bo‘ldi. Menga bu kabi narsalar yoqmaydi, kechirim so‘rayman.
Aguero David Luizni qasddan urdi deb o‘ylamayman. Ular ikkisi ham baquvvat. Keyin Fernandino Agueroga yordamga keldi.
«Bornmut» bilan o‘yinda xuddi shu ishni Nolito qilganida qizil kartochka olgan va 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi. Shuning uchun, Fernandino jamoadoshini raqibdan himoya qilish uchun etib kelgandi.
Men u bilan bu haqida gaplashmadim. Agar bu vaziyat kameraga tushgan bo‘lsa, nima bo‘lganini ko‘ramiz», deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan Sky Sports. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin