"Barselona" klubi sobiq prezidenti Joan Laporta, Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronaldu kataloniyaliklar klubida o‘ynashi mumkin edi, deya ma’lumot bermoqda. 2003 yilda Jorje Mendesh "Barselona"ga portugaliyalik o‘yinchini sotib olishni taklif etgan.
"Biz o‘sha paytlari jamoani qayta qurayotgandik. Men Portugaliyada edim va o‘sha damda uning agenti (Jorje Mendesh) bilan uchrashdim, u bilan Deku borasida kelishish maqsadida uchrashgan edik. U vaqtga kelib biz Ronaldino, Rafael Markes va Rikardo Kuarejma kabi futbolchilarni jalb qilishga ulgurgandik, shuning uchun ham ko‘p pul sarflashga imkonimiz yo‘q edi.
Mendesh o‘zida yaxshi futbolchi borligini aytdi. Gap Ronaldu haqida borayotgan edi. Unda "Manchester Yunayted"ga o‘tish uchun 19 mln evrolik kelishuv bor edi, biz esa unga 17 mln taklif qila olardik, holos" – deya Laporta so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi