To‘qqiz sportchi, jumladan 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarining olti nafar medalchisi takroriy doping-namunalari tahlilidan so‘ng chetlashtirildi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi saytida xabar berilgan, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Chorshanba kuni XOQ eng zamonaviy ilmiy tahlil usullari orqali takroriy tekshiruvda doping namunalari ijobiy natija bergan sportchilarga nisbatan sanksiya qo‘lladi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigievda taqiqlangan turinabol (4-xlorodegidrometiltestosteron) moddasi topildi.
Shuningdek, Olimpiada-2008 medallaridan qozog‘istonlik Taymuraz Tigiev, ukrainalik og‘ir atletikachi Olga Korobka, beloruslik og‘ir atletikachi Andrey Rыbakov, beloruslik og‘ir atletikachi Anastasiya Novikova hamda rossiyalik yugurish ustasi Ekaterina Volkovalar mahrum etildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval XOQ Pekin va Londondagi Olimpiya o‘yinlarida olingan doping-namunalarini ikki marotaba qayta tekshiruvdan o‘tkazgandi. Uning doirasida 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Artur Taymazov oltin medaldan mahrum etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi