00:47 / 22.10.2016
7 058

Bosh sovrin va 20 000 $ Ozarbayjonga ketadi, Qosimjonov esa...

Bosh sovrin va 20 000 $ Ozarbayjonga ketadi, Qosimjonov esa...

Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida davom shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqa – Shaxmat Yulduzlari turniri yakunlandi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu super turnirda ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadiyarov bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.

U 12 imkoniyatdan 8 ochko to‘plab, bosh mukofot hamda 20 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ham ega bo‘ldi. Bugun musobaqaning so‘nggi kuni Mamadiyarov bir g‘alaba va ikki durang natija qayd etdi.

Isroillik Boris Gelfand esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bugun Gelfand 2-o‘rin sohibini aniqlab bergan uchrashuvda hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonovni mag‘lubiyatga uchrata oldi.

Qosimjonov va ukrainalik Ruslan Ponomarev musobaqada 5 ochkodan jamg‘arib, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.

BUGUNGI UChRAShUVLAR NATIJASI:
Ponomarev - Qosimjonov - 0,5:0,5
Gelfand - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Ponomarev - Gelfand - 1:0
Qosimjonov - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Ponomarev - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Gelfand - Qosimjonov - 1:0

TURNIR JADVALIDAGI YaKUNIY HOLAT:
Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) - 8 ochko
Boris Gelfand (Isroil) - 6 ochko
RUSTAM QOSIMJONOV (O‘zbekiston) - 5 ochko
Ruslan Ponomarev (Ukraina) - 5 ochko

Shaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming Amerika Qo‘shma Shtatlari dollarini tashkil etgandi. Shaxriyar Mamadiyarov g‘olib sifatida 20 ming dollarga ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bosh sovrin va 20 000 $ Ozarbayjonga ketadi, Qosimjonov esa...