13:42 / 21.10.2016
6 532

FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston Yaponiya va Rossiya terma jamoalaridan yuqorida

FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston Yaponiya va Rossiya terma jamoalaridan yuqorida

Bugun FIFA saytida tashkilotning navbatdagi reyting jadvali e’lon qilindi. Yangi reytingda O‘zbekiston terma jamoasi 48-o‘rinda joylashdi.

Sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston termasi bir oy avvalgi reytingga nisbatan 1 pog‘onaga ko‘tarildi. Avvalgi reytingida 621 ochko bilan 49-o‘rinda bo‘lgan terma jamoa yangi reytingga ko‘ra 617 ochko to‘plagan. Jamoa JCh-18 saralashi doirasida Eronga yutqazdi, Xitoyni mag‘lub etdi. Lekin Rossiya termasi quyiga sho‘ng‘ishi ortidan O‘zbekiston 1 pog‘ona yuqorilagan.

Terma jamoa Osiyoda to‘rtinchi pog‘onani band etib turibdi. Eron O‘zbekiston va Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g‘alabalardan keyin birdaniga 10 pog‘ona yuqorilab, 27-o‘ringa chiqib olgan.

Avstraliya terma jamoasi 40-qatorni (+5) egallab turgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 44-pog‘onaga joylashgan (+3).

O‘zbekistondan pastroqda joylashgan terma jamoalar qatorida Yaponiya (51), Saudiya Arabistoni (54) va BAA (70) terma jamoalari ko‘rish mumkin.

Terma jamoaning JCh-2018 saralash bosqichidagi raqiblari Xitoy va Qatar terma jamoalari 6 pog‘onadan quyilab, mos ravishda 84 va 91-o‘rinlarga joylashgan. Suriya esa birdaniga 18 qatorga yuqorilab, kuchli yuztalikka kirdi (96-o‘rin).

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston 9 o‘rin yuqorilab, 99-o‘ringa joylashdi va o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Qozog‘iston 7 o‘rin quyiladi va 90-o‘ringa tushdi. Turkmanistonning yangi reytingdagi o‘rni 2ta punktga yaxshilangan (111-o‘rin). Markaziy Osiyo davlatlari ichidagi eng past ko‘rsatkich Tojikistonga tegishli (140-o‘rin, +4).

O‘zbekiston terma jamoasi MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida 2-o‘ringa chiqib olgan. Faqat Ukraina termasi 29-o‘rin bilan O‘zbekistondan yuqorida joylashgan. Rossiya esa 53-o‘ringa tushib ketdi va Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida 3-jamoaga aylandi.

Reytingda Argentina terma jamoasi 1621 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘ringa Germaniya (1465 ochko, +1), uchinchi o‘ringa Braziliya joylashgan (1410 ochko, +1).

Kuchli beshlikni Belgiya (1382 ochko, -2) va Kolumbiya (1361 ochko, -1) yakunlagan.

Eng yaxshi yuqorilash Chernogoriya tomonidan qayd etilgan. "Qoratog‘liklar" birdaniga 49 pog‘ona "sakrab" 570 ochko bilan 56-o‘ringa joylashgan. Eng "chuqur sho‘ng‘ish" esa Kipr tomonidan qayd etildi - orolliklar jamoasi 52 o‘rin pastlab, 228 ochko bilan 139-o‘ringa tushgan.

200 terma jamoaning keyingi reytingi 2016 yilning noyabrida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston Yaponiya va Rossiya terma jamoalaridan yuqorida