13:58 / 13.10.2016
7 185

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha JChning eng yaxshi jamoalari o‘nligiga kirdi (foto)

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha JChning eng yaxshi jamoalari o‘nligiga kirdi (foto)

O‘zbekiston sportchilari Bolgariyada o‘tgan armrestling bo‘yicha jahon birinchiligida 10 medalni qo‘lga kiritdi.

1−10 oktyabr kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida armrestling bo‘yicha 38-jahon chempionati hamda para-armrestling bo‘yicha 19-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda dunyoning 52 mamlakatidan 1200 sportchi, shu jumladan, 29 nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etdi, deya xabar qildi Armrestling federasiyasi «Gazeta.uz"ga.

To‘rtta oltin, uchta bronza va uchta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston termasi dunyoning eng kuchli o‘n jamoasi ro‘yxatidan joy oldi.

O‘smirlar o‘rtasida Zohir Fayzullaev (50 kg gacha, o‘ng qo‘l), Muxlisa Tursunboyeva (45 kg gacha, o‘ng va chap qo‘l) va Doniyor Mirzaev (75 kg gacha, o‘ng qo‘l) armrestling bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Mirzaev «oltin"dan tashqari, chap qo‘lda kumush medalga ham sazovor bo‘ldi. Sulton Ne’matullaev (80 kg, chap qo‘l) va Shoxruh Abduyoqubov (65 kg, chap qo‘l) kattalar o‘rtasida vise-chempion bo‘ldi.

Humora Rahmonqulov (50 kg gacha), Shahnoza Abdurahmonova (65 kg) va Dilobar Abdurahmonova (60 kg) o‘ng qo‘lda «bronza» sohibalariga aylandi.

Bahslar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Dmitriy Dukaev eng yaxshi referi deb topildi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston armrestling bo‘yicha JChning eng yaxshi jamoalari o‘nligiga kirdi (foto)