«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Manchester derbisi arafasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«Arag Mourino meni o‘yindan keyin birga ichishga taklif etsa, men buni bajonidil qabul qilaman. Men ko‘p marta aytganman, unga hamisha hurmat bilan qaraganman. Hamisha o‘z hamkasblarimdan, raqiblarimdan o‘rganishga harakat qilaman. Men Mourinodan ham o‘rganganman. Joze Bobbi Robson bilan ishlaganida mening murabbiyim edi.
Madriddagi oxirgi uchrashuvimiz, men o‘shanda «Barselona» bosh murabbiyi edim, oddiy bo‘lmagandi. Lekin biz Mourino bilan 2-3 hafta oldin premer-liga murabbiylari uchrashuvi vaqtida ko‘rishdik va ozroq gaplashdik. Men o‘shanda Ronald Kuman va Toni Pulis bilan ham suhbatlashdim. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Bizning dushmanlarcha raqibligimiz haqidagi gaplarni jurnalistlar o‘ylab topishgan», – degan murabbiy.
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi derbi bahsi 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi