13:52 / 08.09.2016
5 515

Xabi Alonso: Gvardiola va Mourinoning o‘xshash jihatlari juda ko‘p

Xabi Alonso: Gvardiola va Mourinoning o‘xshash jihatlari juda ko‘p

«Bavariya» yarim himoyachisi Xabi Alonso «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino va «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi. Yarim himoyachi bu murabbiylarning har ikkisi bilan o‘z vaqtida ishlagan.

- Angliya chempionatida Manchester derbisi - ulkan voqea. Menimcha bu o‘yin ko‘proq taktik kurashga asoslanadi. Har ikki murabbiyning ham o‘z uslubi bor va ular hammasini tahlil qilishga urinadilar. Ko‘ramiz, bundan nima hosil bo‘lar ekan. Umid qilamanki, men bu o‘yinni tomosha qila olaman.

Menimcha Gvardiola va Mourinoning o‘zaro o‘xshash jihatlari juda ko‘p. Bu o‘rinda gap iroda kuchi va etakchilik hislati haqida ketmoqda. Futbolga keladigan bo‘lsak, har ikkisining ham o‘z g‘oyalari bor va bu narsa himoya hamda hujumdagi qarashlarga bog‘liq. Aynan shu masalada ular mutlaqo bir-biridan farq qiladi, - deydi Xabi Alonso.

Manba: Fut.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso: Gvardiola va Mourinoning o‘xshash jihatlari juda ko‘p