11:14 / 06.01.2017
7 907

Facebook’da Erdo‘g‘onni tanqid qilgan Kanada fuqarosi Turkiyada hibsga olindi

Facebook’da Erdo‘g‘onni tanqid qilgan Kanada fuqarosi Turkiyada hibsga olindi

Kanada fuqarosi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tanqid qilgani uchun Turkiyada hibsga olindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Kanada va Turkiya fuqaroligiga ega 50 yoshli Isi Xiper 2016 yil 30 dekabr kuni Turkiya shimoli-sharqidagi Kars shahrida polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Uning advokati so‘zlariga ko‘ra, hibs Xiper 28 dekabr kuni Facebook’da yozib qoldirgan izohlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U o‘z izohlarida Erdo‘g‘onni «Turkiyaning IShID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlashini isbotlovchi dalillarni keltirgan jurnalistlarni qamoqqa tiqish»da ayblagan edi.

Kanada tashqi ishlar vazirligi Xiperning hibsga olinganidan xabardor ekanligi va zarur konsullik ko‘magini ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Facebook’da Erdo‘g‘onni tanqid qilgan Kanada fuqarosi Turkiyada hibsga olindi