Toshkent metrosi Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi 2017-2019 yillarda amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish doirasida qurilishi yakunlanmagan ob’ektlarning qiymati qayta baholash hisobga olingan holda 2016 yil 1 oktyabriga 6,91 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Qiymati 124,8 mln dollarlik loyiha O‘zbekiston Davlat byudjeti (72 mln dollar) va O‘zbekiston Respublikasi rekonstruksiya va taraqqiyot fondi (52,8 mln dollar) mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Fond import qurilmalar va butlovchi buyumlar sotib olinishi, xorijiy mutaxassislar tomonidan loyihaviy hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun xizmatlarning to‘lanishi, qurilishning texnik nazorati va boshqalar uchun kredit taqdim qiladi.
Fondning krediti 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yillik muddatga beriladi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi yillik 2,5 foizni tashkil qiladi.
Yunusobod yo‘nalishi yana uchta stansiyaga uzaytiriladi, ularning ishchi nomlari "Fayzulla Xodjaev", "Yunusobod" va "Turkiston". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi