O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida bir qator ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi. Viloyatda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Viloyat hokimining qaroriga binoan 1862 - 1937 yillarda yashab ijod etgan Isoqxon To‘ra Ibrat xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy maydoni 2,2 gektarni tashkil etuvchi “Ibrat” majmuasini loyihalashtirish ishlari yakuniga etkazildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Mazkur majmuada “Ibrat” muzeyi (ichida kutubxona va mutolaa xonalari, ekspozision zal), “Ibrat” tillar maktabi (21x12 metr zal, 160 o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari, sport maydonchalari), “Ibrat” bog‘i (Favvora, xiyobon, Ibrat haykali) qurilishi ko‘zda tutilgan. Majmuani qurish ishlari shu yilning mart oylarida boshlab yuboriladi.
Aytish kerak-ki, Isoqxon To‘ra Ibrat vodiyda ilk bor “Matbaaiya Isoqiya” bosmaxonasiga asos solgan ma’rifatparvar inson bo‘lgan. U o‘sha davrdayoq 7 ta xorijiy tilni o‘zlashtirib, bir nechta o‘quv darsligi va boshqa noyob adabiyotlarni ijod qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!