10 157
Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi
Buxoroda qoramol o‘g‘irlash va ularni sotish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh qo‘lga olindi. “Na postu” gazetasiga tayanib Kun.uz sayti yozishicha, besh kishidan iborat guruh viloyatning Jondor, Romitan, Buxoro, Kogon, Olot kabi tumanlarida ko‘p miqdorda sigir va ho‘kizlarni o‘g‘irlab sotishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarga tegishli bo‘lgan uy hayvonlari umumiy hisobda 43 100 000 so‘mga sotib yuborilgan. Jinoyatchilar Olot tumaniga navbatdagi o‘g‘irlikni sodir etish uchun kelishganda, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jabrlanganlardan bir qismiga qoramollar qaytarib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi