Rossiya polisiyasi OAV Moskva viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari sobiq o‘rinbosari deb atagan Andrey Volkovni qo‘lga oldi. Erkak qo‘shnisi bo‘lgan o‘zbekistonlikni o‘ldirgani uchun hibsga olindi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Volkov o‘z qo‘shnilari – oilaviy juftlikni Sergievo-Posad tumanidagi dala hovlisiga taklif qilgan. U erda spirtli ichimliklar iste’mol qilish vaqtida qotil belkurakni olib, u bilan o‘zbekistonlik erkakni o‘lasi qilib urgan. Qotil so‘ngra uning rafiqasiga hujum qilgan, biroq ayol qochib ketib, yordam chaqirishga muvaffaq bo‘lgan. Avvalroq Rossiya ichki ishlar vazirligi OAVning general-mayor Volkovning qotillikda gumon qilinib hibsga olingani haqidagi xabarini rad etgandi.
Biroq ichki ishlar vazirligida Volkov yuqorida aytilgan lavozimni hech qachon egallamagani aytilgan.
"Bugun polisiyachilar tomonidan qotillik sodir etishda gumon qilinib, avval sudlangan Andrey Volkov hibsga olindi. U avval milisioner lavozimida Sergievo-Posad tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi qo‘riqlash bo‘limida ishlagan. Volkov u erdan 2005 yilda bo‘shatib yuborilgan", deb aytdi Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Irina Volk. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi