16:12 / 24.12.2016
11 829

Qirg‘iziston prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Qirg‘iziston prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 24 dekabr kuni Almazbek Atambaev boshchiligidagi delegasiya o‘tirgan samolyot Samarqand aeroportiga kelib qo‘ndi. Martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev qarshi oldi.

Almazbek Atambaev Samarqandga tashrifini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Islom Karimov qabriga guldasta qo‘ygan Atambaev unga hurmat bajo keltirdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tashrif doirasida Samarqandda katta konsert dasturida taqdim etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘iziston prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi