EXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner O‘zbekistonning saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvni sabrsizlik kutmoqda. U bu haqda Davlat rahbariga yo‘llagan tabrik maktubida so‘z yuritgan.
"Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. EXHT bilan O‘zbekiston o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va Sizning rahbarligingizda o‘zaro manfaatli ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirishimizga ishonaman.
Bugun barchamiz xavfsizlik borasida ko‘plab global tahdidlar bilan yuzma-yuz kelayotganimizda EXHT mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz. EXHT O‘zbekistonda o‘z prinsip va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettirishga tayyor.
EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonga Prezident saylovini kuzatish missiyasini amalga oshirishga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorligimni bildirishga ruxsat bergaysiz. Siz EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishingizga ishonaman.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va, umuman, EXHT makonida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotganini va tashkilot faoliyatida yanada faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu masalalarni Siz bilan muhokama qilish imkoniyati paydo bo‘lishini kutib qolaman", — deb yozadi EXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi