7 922
O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi deb tanishtirgan tovlamachi qo‘lga olindi
Bojxona organlarida ishlab, rahbarlik lavozimlarigacha erishgan Davron Xolikov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Yunusobod tumanida joylashgan dorixonalardan biriga kirib, o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi, deb tanishtirdi va sotuvchidan 4 ming so‘mlik 2 dona rezina qo‘lqop sotib oldi va ular uchun sifat sertifikatini ko‘rsatishni talab qildi, deb xabar qiladi “Kun” nashri.
Dorixona rahbari K.Salibekov sifat sertifikatini ko‘rsata olmasligini aytganida, savdo qoidalari buzilayotganligi, tekshiruv o‘tkazib, ularni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkinligini aytib, qo‘rqitdi. Keyin esa tekshiruv o‘tkazmasligi uchun K.Salibekovdan tovlamachilik yo‘li bilan 1000 AQSh dollari berishini talab qildi.
K.Salibekov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi. SVOJJDLQK departamenti va O‘zbekiston Respublikasi MXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda D.Xolikov fuqaro K.Salibekovdan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi.
Sud tomonidan D.Xolikovga tegishli jazo tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi