O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi, deya xabar qildi Gazeta.uz.
O‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zlar ekan, Xatamjon Ketmonov hududdagi To‘palang gidroelektrostansiyasi, Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi, «Sharg‘un ko‘mir», «Xo‘jaikon tuz» aksiyadorlik jamiyatlari, «Xonjiza» kon-boyitish majmuasi kabi yirik sanoat korxonalarining mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.
Nomzod o‘zing saylovoldi dasturi partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi ko‘pchilik — demokratik kuchlar blokiga nisbatan o‘zini muxolifat, deb e’lon qilgani, bu muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator g‘oyalarga asoslanishini ta’kidladi.
Korxona va ish beruvchilarning tegishli hududlardagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilishi hamda muntazam harakatdagi «kollej — korxona» aloqalarini yo‘lga qo‘yish, nogironlar mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalar tashkil etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, jumladan, ushbu maqsadda davlatning markazlashgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmog‘ini rivojlantirish va yirik korxonalarga kasanachilik ish joylarini tashkil etish bo‘yicha majburiy kvotalar belgilash orqali jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni kasanachilik faoliyatiga jalb qilishni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Nomzod dasturida o‘qish uchun shartnoma pulini to‘lashga qiynalayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga shartnoma pullarini to‘layotgan korxonalarni rag‘batlantirish, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan