G‘.Pardaev noqonuniy valyuta sotish jinoyat ekanligini bilsa-da, bunday ishdan o‘zini tiymadi. U joriy yilning mart oyida Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi yonida fuqaro Madina Mo‘ydinovaga 100 AQSh dollarini sotayotgan vaqtda SOJJDLQK departamentining tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, uning bu qilmishi tegishli ravishda rasmiylshtiriladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv jarayoni olib borilayotgan vaqtda G‘.Pardaev huquqbuzarligi uchun chora ko‘rmaslik evaziga departament xodimiga pora berishini aytadi. Departament xodimi uning taklifiga ko‘nmaydi. Ushbu holat uchun qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini uqtiradi va holatni o‘rganish jarayonida G‘.Pardaevdan kerakli hujjatlarni keltirib berishni so‘raydi. Vaziyatni ko‘ngildagidek hal eta olmagan valyutafurush ertasiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etish o‘rniga, takroran huquq-tartibot xodimiga pora berishni maqsad qiladi. Ya’ni, G‘.Pardaev bir million so‘m pulni selofan paketga solib, departament xodimining xizmat xonasida unga beradi. Biroq ish u o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. G‘.Pardaev huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Organ xodimini pora evaziga o‘zining yo‘rig‘iga yurgazishga harakat qilgan G‘.Pardaevga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi o‘z hukmini o‘qidi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi