16:53 / 12.10.2016
7 723

“NTV”ning “Poedem, poedim!” ko‘rsatuvi ijodkorlari Toshkentda!

“NTV”ning “Poedem, poedim!” ko‘rsatuvi ijodkorlari Toshkentda!

5-7 oktyabr kunlari Toshkentda “Buyuk Ipak Yo‘lida turizm” nomli 22-Toshkent Xalqaro turistik yarmarkasi tashkil etilgandi. Mazkur yarmarka doirasida Rossiyaning “NTV” telekanalining “Poedem, poedim!” dasturi ijodkorlari mamlakatimizga tashrif buyurishdi. Bu ko‘rsatuvning avvalgi soni Respublikamizning Samarqand viloyatida suratga olingan bo‘lsa, ko‘rsatuvning galdagi soni qadimiy Xiva shahriga bag‘ishlandi. Bu haqda "Qalampir.uz" yozmoqda.

“O‘zbekturizm” kompaniyasi vakillari mehmonlarning ijod qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Jon Uorrenning mualliflik dasturi bo‘lgan “Poedem, poedim!” ko‘rsatuvida ma’lum bir hudud yoki millatning oshxonasi, ya’ni milliy taomlari, noz-ne’matlari asosiy o‘rinda tursa-da, shu bilan birga tarix, madaniyat, urf-odat va an’analar, xalq ijodiyoti haqidagi tafsilotlarga ham e’tibor qaratiladi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent Xalqaro turistik yarmarkasiga tashrif buyurgan Jon Uorrenning sayohati aks etgan fotosuratlar foydaluvchilar tomonidan tarqatilmoqda. Ular faxr bilan “Mamlakatimiz haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun Rossiyadan kelgan mehmon tashrifi”, deya izohlar qoldirishmoqda. Dastur ijodkorlari yarmarka davomida tayyorlangan turli taomlardan ham bahramand bo‘lishgan.

Toshkentning bir qator ko‘zga ko‘ringan maskanlariga tashrif buyurgan Jon Uorren boshchiligidagi suratga olish guruhi sayohatini Xivada davom ettirdi. Asosiy tasvirga olish ishlari Xivadagi “Ichan qal’a” majmuida o‘tkazilib, ijodkorlar “Juma masjid” yodgorligi, “Pahlavon Mahmud” maqbarasi, “Muhammad Rahimxon Feruz” madrasasi, Al-Xorazmiy yodgorliklariga tashrif buyurishdi.

Bu joylarda Jon Uorren hunarmandchilik san’ati, madaniy yodgorliklar bilan tanishdi. Facebook tarmog‘i foydalanuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatuv shu oy so‘nggiga qadar efirga uzatiladi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “NTV”ning “Poedem, poedim!” ko‘rsatuvi ijodkorlari Toshkentda!