6 879
Rossiyaning Astraxan viloyatidagi saylov uchastkasida ayol ovoz berish guvohnomasini eb qo‘ydi
Rossiyaning Astraxan viloyatidagi 316-saylov uchastkasida bir ayol doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyiga biriktirilgan saylov uchastkasi o‘rniga istalgan boshqa saylov uchastkasida ovoz berish huquqini beruvchi guvohnomani eb qo‘ydi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
"Ayolga tez tibbiy yordam chaqirtirildi, biroq u so‘roq vaqtida barchasini inkor qilgan. Bu tekshiruv natijalari prokuratura orqali tergov qo‘mitasiga topshiriladi", deb aytildi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ayol erkakcha familiyali guvohnoma bilan saylov byulletenini olmoqchi bo‘lgan. Kuzatuvchining bunga qarshilik ko‘rsatishi vaqtida ayol kuzatuvchining qo‘lini tishlab olgan va so‘ngra guvohnomani og‘ziga solib chaynay boshlagan.
Avvalroq Astraxan viloyati saylov komissiyasi raisi Igor Korovin saylov komissiyasi ovoz berishda ishtirok etgan aholidan kolbasa va pullar bilan ovozlarni sotib olishga urinishlar bo‘lganidan shikoyatlar olganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi