Nonushta — eng muhim ovqatlanish pallasidir. Biroq budilnik va yaqinlaringiz sizni uyg‘otmagan, 10 daqiqadan keyin ishga yugurish kerak bo‘lsa, nonushtaga qanday taom tayyorlash mumkin? Bunday vaziyatda oddiy reseptlar sizga yordamga keladi.
Mikroto‘lqinli pechda keks
Zarur masalliqlar:
- un — 3 osh qoshiq;
- tez eriydigan qahva — 1 choy qoshiq;
- kakao kukuni — 2 osh qoshiq;
- shakar — 3 osh qoshiq;
- razrixlitel — 1/4 choy qoshiq;
- sut — 2 osh qoshiq;
- tuxum — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- vanilin — yarim choy qoshiq.
Tayyorlanishi:
Un, qahva, kakao kukuni, shakar va razrixlitelni yaxshilab aralashtiramiz. Unga sut, tuxum, yog‘ va vanilin qo‘shamiz. Barchasi bir xil shaklga kirgunga qadar sanchqi bilan aralashtiramiz.
Hosil bo‘lgan aralashmani yog‘langan keramik krujkaga qo‘yib, yuqori rejimga taxminan 90 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yamiz. Asosiysi, keks pechda keragidan ortiq turib qolmasligi lozim.
Bu mazali va tezda tayyor bo‘ladigan desertni o‘zini ham, shuningdek, muzqaymoq, murabbo yoki ko‘pirtirilgan qaymoq bilan tanovul qilish mumkin.
Bolalarga bunday shirinlik albatta manzur bo‘ladi!
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi