23:34 / 30.12.2016
20 428

Yangi yil uchun romantik sovg‘alar

Yangi yil uchun romantik sovg‘alar

Yangi yil kirishiga ham sanoqli kunlar qoldi, agar yaqinlaringiz uchun sovg‘a olishga ulgurmagan bo‘lsangiz – shoshiling! Biz eng romantik va ta’sirli sovg‘alar ro‘yxatini sizning e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

O‘z qo‘llaringiz bilan qilingan sovg‘a

Bu sizning xayoliy orzuingizga bog‘liq. Agar birorta egulik tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qo‘rqmasdan yurak shaklidagi zanjabilli pecheneni tanlasangiz ham bo‘ladi.

Uchrashuvga o‘ziga xos ravishda taklif

O‘zgacha usulda uchrashuvga taklif qiling. Shunday jumboqlar o‘ylab topingki, bu jumboqlarni topish orqali uchrashuv joyini aniqlash mumkin bo‘lsin yoki uchrashuv joyi ko‘rsatilgan xaritali otkritka yuboring.

Boshqacha taqinchoqlar

O‘ziga xosligi bilan diqqatni jalb etuvchi taqinchoq tanlang. Masalan, ichiga ismlaringiz bosh harflari yoki tanishgan vaqtingiz o‘yib yozilgan bir juft uzuk buyurtma qilishingiz mumkin.

Archa bezaklari

Archani birgalikda bezatsangiz ham vaqtingiz yoqimli o‘tadi. Archani bezatishdan oldin chiroyli o‘yinchoqlarni g‘amlab qo‘ying. Vintaj uslubidagi o‘yinchoq sharchalar sotib olsangiz ham bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangi yil uchun romantik sovg‘alar