Ertalab yaxshi kayfiyatda uyg‘onish uchun nima qilish kerak? Biz yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi ertalabki yomon odatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Negativ
Kechki payt ertalabki kayfiyatni qanday ko‘tarish to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Bu – sevimli qo‘shiq, vazadagi gul yoki yoqimli atir ham bo‘lishi mumkin.
Kech turish
Ko‘pchilik ertalab uxlashni yaxshi ko‘radi, shuning uchun soat qo‘ng‘irog‘ini 5—10 daqiqa kechroqqa qo‘yadi. Shoshilish kechikish va muhim narsalarni unutib qo‘yishga olib keladi. Bu yomon odatdan qutulishning oson yo‘li – soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha, yalqovlik qilmasdan o‘z vaqtida turish.
Nonushta qilmaslik
Ma’lumki, ertalabki nonushta organizmning uyg‘onishiga va metabolizmni harakatga keltirishga yordam beradi. Ertalab nonushta tayyorlashni yoqtirmasangiz, kechqurun tayyorlab qo‘ying yoki ko‘p vaqt talab qilmaydigan ovqatlar tayyorlang.
Kun uchun rejaning yo‘qligi
Reja tuzib olsangiz, fikringizni to‘playsiz va o‘zingizni ishonchli sezasiz. Reja asosida ishlaringizni bemalol va ikkilanmasdan amalga oshira boshlaysiz.
Keraksiz yangiliklarni ko‘rish
Ertalabdanoq boshlanayotgan kunni diqqat bilan rejalashtirish o‘rniga, dunyo yangiliklarini ko‘rish kayfiyatingizni buzadi. Ertalab faqat o‘zingiz va tashqi ko‘rinishingiz bilan shug‘ullaning. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi