14:43 / 23.12.2016
7 076

Kompyuter, telefon va boshqa gadjetlarni tozalaymiz

Kompyuter, telefon va boshqa gadjetlarni tozalaymiz

Xizmat qilish muddatini uzaytirish maqsadida qurilmalarni nafaqat ehtiyotlash, balki tozalab ham turish zarur. Bu maqolada sizga gadjetlaringizni tozalashning tez va oson yo‘llari tavsiya qilingan.

Naushniklar

Naushniklarni keraksiz tish cho‘tkasi yordamida tozalash mumkin, buning uchun sochiq ustiga to‘rini pastga qiling va ehtiyotlab tozalang.

Simlar

Simlar spirt bilan artilsa, ular yopishqoq bo‘lib qoladi. Shuning uchun, yaxshisi, simlarni oddiy o‘chirg‘ich yordamida tozalagan ma’qul.

Klaviatura

Yopishqoq tasma (skotch)ni klaviatura ustiga qo‘ysangiz, hamma changlar va kirlar unga yopishib qoladi.

Ekran

Moslama ekranlarini mikrofibrali mato yordamida artgan ma’qulroq, chunki qog‘oz salfetka ekranni tirnab yuboradi.

Noutbuk

Noutbukni chang va kirlardan changyutgich yordamida tozalash mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kompyuter, telefon va boshqa gadjetlarni tozalaymiz