09:00 / 23.12.2016
23 018

Dolchin va asal: kasalliklar davosi, mustahkam sog‘liq va yaxshi kayfiyat

Dolchin va asal: kasalliklar davosi, mustahkam sog‘liq va yaxshi kayfiyat

Shifokorlarning ta’kidlashicha, dolchin (korisa) – barcha kasalliklar davosi. U ishtahani nazorat qilishga yordam beradi, qondagi qand moddasini tushiruvchi eng foydali vosita, organizmni virus va shlaklardan tozalaydi, yoshartiradi, kuch bag‘ishlaydi, kayfiyatni ko‘taradi.

Asal – sayyoramiz bo‘yicha, buzilmaydigan yagona oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. U tabiiy antibakterial xususiyatiga ega, yara va kuygan joylarning bitishiga yordam beradi, organizmda paydo bo‘ladigan shishlarga, shu jumladan, saratonga ham qarshi kurashadi, immunitetni mustahkamlaydi va inson organizmiga ajoyib ta’sir ko‘rsatadi.

Aslida, odamlar asrlar davomida asal va dolchinning afzalliklaridan foydalanib kelishgan.

Asal va dolchinli ichimlik uchun, tozalanmagan, tabiiy asal ishlatilishi lozim. Uni yuqori haroratda ham, mikroto‘lqinli pechda ham eritish mumkin emas, aks holda – foydali xususiyatlari yo‘qoladi. Shuning uchun ham issiq suv ishlatish yaramaydi.

Dolchin – ezilgan, yangi va ekologik toza bo‘lishi kerak.

Ichimlikning klassik resepti – bir piyola iliq suvga bir choy qoshiqdan asal va dolchin solib aralashtiriladi, sog‘liqni mustahkamlash va kasalliklar oldini olish uchun qabul qilinadi. Asal va dolchinli ichimlikni bir kunda ikki mahal, ertalab och qoringa va kechqurun uxlashdan oldin ichish kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dolchin va asal: kasalliklar davosi, mustahkam sog‘liq va yaxshi kayfiyat