15:43 / 21.11.2016
7 230

Yangilik — odam itni tishlasa…

Yangilik — odam itni tishlasa…

Jurnalistika va matbuot haqidagi buyuk shaxslarning fikrlari to‘g‘risida "Mulohaza" nashri e’lon qilgan ma’lumotni e’tiboringizga havola qilamiz:
Jurnalistika — dushmanlarni pulga aylantirish san’ati.

Kreyg Braun

* * *

Jurnalistika oldindan tashkillashtirilgan g‘iybat.

Oskar Uayld

* * *

Muallif ehtiyojini qoniqtiradigan asar boshqalarning qiziqishini qondirarmikan?

Blez Paskal

* * *

«Jurnalistlar davlat odamlari toifasidan — ular buni bilishadi va jamoatchilik fikri uchun kurashishadi. Ular jamoatchilikning e’tiborini o‘zlarini haqiqatguyliklari va to‘g‘ri so‘zliklari bilan emas, balki surbetliklari va voqeani noto‘g‘ri talqin etish bilan qozonishadi».

Aleksandr Pushkin

* * *

Biz jurnalistlar jamoatchilikka mushuk qaysi tomonga sakraganini aytamiz, xolos. So‘ng jamoatchilik mushukni ushlashga o‘zi xarakat qiladi.

Artur Sulsberger «Nyu-York Tayms»

* * *

Dunyoga qarata teshilgan tuynukni gazeta bilan yopish mumkin.

Stanislav Eji Les

* * *

O‘ttiz marotaba sudlangan o‘g‘ri haqida yozayotganda uni o‘g‘ri-residivist deb atasangiz, u sizni sudga beradi va yutib chiqadi.

Karel Chapek

* * *

Kunlik gazetani chop etish uchun haqiqat, xolislik va …10 million dollar mablag‘ kerak.

Genri Morgan

* * *

Matbuotning foydaliligi shundaki, u o‘ziga ishonmaslikni o‘rgatadi.

Semyuel Batler

* * *

Agarda gazetasiz xukumatni yoki xukumatsiz gazetalarni tanlash kerak bo‘lganda men albatta ikkinchisini tanlagan bo‘lar edim.

Tomas Djefferson

* * *

Agarda it odamni qopsa, bu yangilik emas, agarda odam itni tishlasa bu haqiqiy yangilik.

Charlz Anderson Deyla, «Nyu-York San»

* * *

Yangiliklar haqida so‘zlash emas, ular haqida xabar berish lozim.

Uinston Cherchill

* * *

Radio hech qachon gazetaning o‘rnini bosa olmaydi, chunki radiopriyomnik bilan pashsha o‘ldirish mumkin emas.

Djon Osborn

* * *

Hech qachon matbuot va oynaga ishonmang.

Djon Osborn

* * *

Gazeta velosiped avariyasi bilan tamaddun halokati o‘rtasidagi farqni bilmaydi.

Djordj Bernard Shou

* * *

Jurnalistning eng oliy uslubi — siyosat haqida quruq safsata sotishdir.

J. Labryuyer

* * *

Siyoh bor ekan,, qog‘oz hech qachon oqarmaydi.

V. Gyugo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangilik — odam itni tishlasa…