Amazon kompaniyasi tovarlarni saqlash va etkazib berish tizimiga patent arizasini topshirdi. Yangi tizimda dirijabllar va uchuvchisiz qurilmalar qo‘llaniladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
Amazon dirijabllardan muayyan hududlarga jo‘natiluvchi u yoki bu tovarlarni saqlovchi ombor sifatida foydalanmoqchi. Uchuvchisiz qurilmalar esa bevosita xaridorlarning o‘ziga mahsulotni etkazib beradi. Bunday tizim tovar etkazib berish vaqtini keskin kamaytiradi.
Dekabr oyi boshida Amazon birinchi marta uchuvchisiz qurilma yordamida xaridorga tovarni etkazib berdi. Buyuk Britaniyada yashovchi mijoz televizion pristavka va pop-korn buyurtma qilgandi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, u buyurtma rasmiylashtirilgandan 13 daqiqa o‘tib tovarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi