Ergash Shoistamov «O‘zbekneftgaz» xoldingi tuzilmasiga kiruvchi «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisligiga tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
«O‘ztransgaz"ning avvalgi rahbari Shukurullo Mahmudov esa «Markazgazta’minot» unitar korxonasi Samarqand bo‘limi direktori lavozimini egalladi.
Ergash Shoismatov (1951 yilda tavallud topgan, Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi) turli yillarda energetika va elektrlashtirish vaziri, «O‘zbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), bosh vazir o‘rinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha majmuasi rahbari bo‘lgan.
2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi.
«O‘ztransgaz» kompaniyasi tabiiy gazni tashish va saqlash, shuningdek, mamlakat ichi va xorijdagi iste’molchilarga O‘zbekiston gazini etkazib beruvchi ob’ektlarni boshqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi