11:13 / 21.12.2016
9 146

Walt Disney bir yilda 7 mlrd dollar ishlagan birinchi kinostudiyaga aylandi

Walt Disney bir yilda 7 mlrd dollar ishlagan birinchi kinostudiyaga aylandi

Walt Disney kinostudiyasi bir yil davomida dunyo bo‘ylab prokatlardan pul yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Disney 2016 yilning 1 yanvaridan 18 dekabriga qadar 7 milliard dollardan ko‘proq ishladi va ushbu natijani qayd etgan ilk kinostudiyaga aylandi. Mazkur rekordni qayd etishda 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan «Dorini izlab», «Hayvonlar shahri» va «Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik» ko‘maklashdi.



Bundan tashqari, 14 dekabr kuni premerasi bo‘lib o‘tgan «Qaytmas bir: Yulduzlar jangi tarixi» kinokartinasi 5 kun davomida dunyo bo‘ylab prokatlardan 445 million dollar ishlab oldi.

2016 yil davomida Disney, shuningdek, «Junglilar kitobi»dan 966,6 million, «Doktor Strenj» filmidan 652,8 million dollar daromad ko‘rdi.

Avvalgi rekord 2015 yili Universal tomonidan qayd etilgan bo‘lib, kinostudiya «Minonlar», «Forsaj-7» va «Yura davri olami» filmlari yordamida 1 yilda 6,8 milliard dollar ishlab olgandi.

Qayd etish joiz, Walt Disney komikslar asosidagi filmlarni yaratuvchi Marvel, multfilmlarni ishlab chiqaruvchi Pixar va «Yulduzlar jangi» bilan shug‘ullanuvchi Lucasfilm kinostudiyalarini sotib olganligi evaziga bunday natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Walt Disney bir yilda 7 mlrd dollar ishlagan birinchi kinostudiyaga aylandi