O‘zbekiston va Rossiya noyabr oyi oxiriga qadar “Yashil yo‘lak” tizimi tashkil qilish borasidagi shartnomalarni imzolashi kerak. Bu haqda bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan meva-sabzavot yarmarkasi davomida bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov ma’lum qilgan.
Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus O‘zbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini bojxona va fitosanitar nazoratdan o‘tkazish jarayonini osonlashtirishi va tezlashtirishi ko‘zda tutilgan.
“Rossiya Federasiyasi hukumati bilan hamkorlikda biz “yashil yo‘lak” loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Ushbu tizim O‘zbekistonda etishtirilayotgan ho‘l va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaning turli hududlaridagi xaridorlarga etkizib berish jarayonini tezlashtirib mahsulot hajmini oshirishi kerak”, — degan Ro‘ziqulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyining oxiriga qadar ushbu loyiha borasida kerakli hujjatlar imzolanishi kerak. Rossiya bozorida O‘zbekistonning asosiy hamkorlari sifatida "Sibirskiy alyans", "Magnit", "Perekrestok", "Agrolayn" va X5 Retail Group korxonalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
“Oxirgi yillarda O‘zbekistondan Rossiya va qo‘shni mamlakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkizib berilayotgan meva-sabzavotlar hajmi 3 baravar oshdi. Taqqoslash uchun, Janubiy Koreyaga – 5 baravar, BAAga – 1,8 baravar, Germaniyaga – 1,6 baravar.
Yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistondan meva-sabzavot eksporti hajmi 1,4 baravar oshishi kutilmoqda”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Ro‘ziqulovning aytishicha, 2016 yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston 700 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qildi. Yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkich 1 million tonnaga etkizilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 9 oyida O‘zbekistonda 2,3 million tonna kartoshka, 8,2 million tonna boshqa sabzavotlar, 1,5 million tonna poliz mahsulotlari, 1,2 million tonnadan ortiq uzum va 2 million tonnadan ortiq boshqa mevalar etishtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi