Yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qiluvchi O‘zbekiston korxona va tashkilotlari uchun valyuta tushumini majburiy tartibda sotish miqdori ikki barobarga kamaytirildi. Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev shu haqdagi qarorni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Hujjatga muvofiq, 20 sentyabrdan boshlab tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan kat’i nazar, eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar, shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotishni amalga oshiradi. Bungacha esa mazkur ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etar edi.
Qarorda yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga etkazib berish yuklab jo‘natiladigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lash shartlarida amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan. Qolgan qismi uchun tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.
«Uzagrojksport» ixtisoslashtirilgan tashki savdo kompaniyasiga yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini ishonchli va uzoq muddatli sheriklar bo‘lgan etakchi xorijiy tashkilotlar, import qiluvchilar (Vazirlar Mahkamasi karorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha) manziliga chiqarish va sotish huquqi berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!