22:50 / 02.01.2017
10 749

Yangi yil tuhfasi sifatida Xonanda Lola o‘g‘li Diyorga Messining butsalarini sovg‘a qildi

Yangi yil tuhfasi sifatida Xonanda Lola o‘g‘li Diyorga Messining butsalarini sovg‘a qildi

Xonanda Lola ikkinchi farzandi Diyor uchun Messining butsalarini sovg‘a qildi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram sahifasida yozib qoldirdi va Diyorning «Barselona» formasidagi suratini unga ilova qildi.

«Yangi yil bizning sevimli bayramimiz, unda orzular ro‘yobini ko‘rish mumkin», — deb izoh qoldirdi Lola. Uning qayd etishicha, oila Messining butsalarini orziqib kutgandi.

«Biz Messining butsalarini shu qadar kutgandikki, Diyor mana uchinchi kundirki ular bilan uxlaydi, ovqatlanadi. Xattoki, butsaning bog‘ichlarini taqib olishni ham o‘rgandi. Bolalarimizning ko‘zlarida quvonch bo‘lsa kifoya, boshqa hech narsa kerak emas» — deb so‘ziga yakun yasagan Lola.

Avvalroq Lola o‘z intervyularidan birida Diyorning «Paxtakor» futbol maktabiga borishi haqida aytib o‘tgandi. Endi esa uning «Barselona» va Messining muxlisi ekani oydinlashdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yangi yil tuhfasi sifatida Xonanda Lola o‘g‘li Diyorga Messining butsalarini sovg‘a qildi