13:26 / 25.12.2016
13 243

Ozodbek Nazarbekovdan keyin Gulsanam Mamazoitova ham 2017 yilda konsert bermasligi mumkin

Ozodbek Nazarbekovdan keyin Gulsanam Mamazoitova ham 2017 yilda konsert bermasligi mumkin

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning 2017 yilda konsert berishi masalasi noma’lum bo‘lib turibdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

«2017 yilda konsert berishimiz yoki bermasligimiz hozircha noma’lum. Bermasligimiz ham mumkin», — deb ta’kidlagan Sanjar Ahmedov.

«2016 yilning fevral oyida konsert berganimizdan keyin, bir yil tanaffus qilib, yana sahnaga qaytamiz degan fikr bor edi. Gulsanamning o‘zi konsert berishni istab qolsa, bizga uning tayyorgarligi uchun ikki oy vaqt etadi. Xohish bo‘lsa kifoya, konsert reklamasi va boshqa masalalarga ikki oylik muddat kifoya. Konsert jonli ijroda bo‘lgani uchun, sozandalar doimo shay holatda», — dedi qo‘shiqchining prodyuseri.

Ma’lumot uchun, Gulsanam Mamazoitova 2015 yil «Sizni sog‘indi yurak» deb nomlangan 6 kunlik konsert bergandi. Oradan bir yil o‘tib berilgan 5 kunlik dastur esa «Men sizni topgunimcha» deb nomlangan.

Avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning 2017 yilda konsert bermasligi ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekovdan keyin Gulsanam Mamazoitova ham 2017 yilda konsert bermasligi mumkin